Haqiqiy loyihalar uchun chizilgan, lekin ish oxiriga yetmagan logolar. Nomi sizniki bo'ladi, rangi biznesingizga sozlanadi — va bir kishiga sotiladi.
Logodagi yozuv sizning nomingizga almashadi, rang biznesingizga qarab sozlanadi. Shakl o'zgarmaydi — aynan ko'rib turganingiz.
Vektor (AI, SVG, PDF), PNG, qora-oq va negativ versiyalar, ijtimoiy tarmoq formatlari.
Chizish ishi allaqachon qilingan. Noldan chizishga 7-10 kun ketadi, bu yerda faqat moslashtirish.
Kerakli narsalarni belgilang — taxminiy oraliqni darrov ko'rasiz. So'rashga uyalmang, hisob shu yerda.
Bu promptlar ish beradi. Lekin vaqtingizni olmaydi degani emas - baribir har kuni o'tirib yozasiz, rasm chiqarasiz, tanlaysiz, joylaysiz.
Avval o'zingiz yuritib ko'ring. Charchasangiz - o'shanda menga yozing.
Shunchaki chiroyli emas, sababi bilan chiroyli.
Brend va sport identikasi bilan 5 yildan beri ishlayman. Ishim shablon tanlash emas — har konsept ortida biznes mantiqi turadi va mijozga nega shunday qilinganini tushuntirib beraman.
Bitta xabar yozing — brend nomi va nima kerakligi. Qolganini birga aniqlaymiz.
Brend nomi va nima kerakligini yozing — bir kun ichida konsept yo'nalishini va aniq narxni aytaman. Avans 50%, qolgani fayllar topshirilishidan oldin.